Kitob orqali qanday ishlaydi?
AI yordamida kitobni kunlik kichik darslarga aylantirib o'qish yo'riqnomasi
4 qadamda o'qish
Kitobingni yuklaysan
PDF, EPUB, DOCX yoki TXT formatidagi kitobingni saytga yuklaysan (bitta fayl 50 MB gacha).
Bo'limlarga ajratiladi
Kitob avtomatik ravishda boblar va kichik bo'limlarga bo'linadi. Mundarija, so'z boshi kabi keraksiz qismlarni o'tkazib yuborsa bo'ladi.
Qisqa dars va test
Har bo'limdan AI qisqa dars, asosiy tushunchalar va test tayyorlaydi. Xato qilsang, shu joyni boshqacha qilib qayta tushuntirib beradi.
Zanjir va takrorlash
Testdan o'tsang keyingi bo'lim ochiladi. Har kuni o'qisang zanjiring (streak) o'sadi, o'rganganlaring ma'lum kunlardan keyin takrorlashga qaytib chiqadi.
Bepulmi? AI krediti qoidalari
Bizning asosiy qoidamiz juda oddiy: har kuni ozgina o'qisang, AI doim tekin bo'ladi! Sun'iy intellekt xarajatlarini adolatli taqsimlash uchun kunlik kredit tizimi ishlaydi:
- 🟢 Faol holat (kunlik 40 kredit): Bugun yoki kecha kamida bitta bo'lim testidan o'tgan bo'lsang. Yangi kelganlar ham dastlabki 3 kun shu holatda bo'ladi.
- 🟡 Imkon holati (kunlik 15 kredit): Kecha o'qimagan, lekin undan oldingi kun o'qigan bo'lsang. Bugun bitta testdan o'tishing bilan yana faol holatga qaytasan.
- 🔴 Cheklangan holat (kunlik 6 kredit): Ketma-ket 2 kun yoki undan ko'p o'qimagan bo'lsang. Bu kredit faqat yangi darsga ishlaydi (kuniga 2 ta). Bitta testdan o'tsang, yana faol holatga chiqasan.
- Kredit narxlari: yangi dars 3 kredit, xatoni qayta tushuntirish 1 kredit, AI bilan savol-javob 1 kredit, so'z yoki gap tahlili 1 kredit. Kunlik kredit ertasiga qolmaydi.
- Streak mukofoti: har 7 kunlik uzluksiz zanjir (streak) uchun +20 bonus kredit. Bonus kuymaydi, keyingi kunlarga qoladi.
Ko'p beriladigan savollar (FAQ)
Platforma bo'yicha eng muhim savollarga qisqa va aniq javoblar:
Qaysi formatdagi kitoblarni yuklash mumkin?
PDF, EPUB, DOCX va TXT. Bitta fayl ko'pi bilan 50 MB, hamma kitoblaring birgalikda 300 MB gacha.
Yuklagan kitobim boshqa foydalanuvchilarga ko'rinadimi?
Yo'q. Kitobing va o'qish tarixing faqat senga ko'rinadi, hech kimga tarqatilmaydi. Mualliflik huquqi muallif va noshirda qoladi.
Qaysi sun'iy intellekt (AI) ishlatiladi?
Darslar, testlar va tushuntirishlarni Claude (Anthropic) va Gemini (Google) yozadi. Og'irroq ishga kuchliroq model, yengil ishga tezroq model tanlanadi.
Kunlik tekin kredit tugab qolsa nima bo'ladi?
Ertasi kuni yangi kunlik kredit beriladi. Bir necha kun o'qimasang ham kuniga 6 kredit qoladi, bu 2 ta darsga yetadi. Bitta bo'lim testidan o'tishing bilan yana faol holatga qaytasan. Xohlasang, loyihani qo'llab-quvvatlab qo'shimcha kredit olishing mumkin.
Telegram bot nima qiladi?
Saytga parolsiz kirishni tasdiqlaydi, o'zing belgilagan vaqtda eslatma yuboradi va darsni, testni, takrorlashni to'g'ridan-to'g'ri Telegram'da o'tishga imkon beradi.
Hisobimni va ma'lumotlarimni qanday o'chirishim mumkin?
Kitoblaringni istalgan payt o'zing o'chirasan. Hisobni butunlay o'chirish uchun Telegram'da @Diyor0722 ga yoz, ma'lumotlaring bazadan o'chirib beriladi.
Boshlashga tayyormisan?
Hoziroq birinchi kitobingni yukla va AI yordamida o'rganishni boshla.
Telegram orqali boshlash